ARMAS kompaniyamizda dizayn va konsepsiyalarni ishlab chiqish xizmatlari mavjud. Loyiha muhokamadan o’tib, tasdiqlangandan so’ng, biz asosiy hujjatlar ustida ishlashni davom ettiramiz.
Biz har qanday obyekt loyihasining konsepsiyani ishlab chiqishdan tortib, uni ishga tushirishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni amalga oshiramiz. Siz qurilish bo’yicha kerakli mutaxassisilar tavsiyalari va me’moriy nazoratga ega bo’lasiz.
Savollaringiz bo’yicha qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Bizning mutaxassislarimiz kunning istalgan vaqtida sizga yordam berishga tayyor. O’z loyihangizni yaratishda batafsil ko’rsatmalar, kerakli maslahatlar olishingiz mumkin. Natijalar sizni qoniqtirishiga ishonchimiz komil!
Biz samaradorlikni kafolatlaymiz, smeta imkon qadar aniq tuziladi, kelajakda yakuniy loyihani tayyorlash uchun ideal sharoitlar yaratiladi. Hatto kichik tafsilotlar ham muhokama qilinadi. Taklifimizdan foydalanib, yuqoridagilarga shaxsan ishonch hosil qiling va shundan so’ng xizmatga buyurtma bering.
Loyiha muallifi qurilish ishlarini doimiy nazoratga oladi. Qurilayotgan binoga tashriflar borasida mijoz bilan maslahatlashilib, ushbu band shartnomaga ham kiritiladi. Ish jarayonida yuzaga kelgan muammo yoki boshqa kutilmagan masalalarga darhol aniqlik kiritilib, tafsilotlar muhokama qilinadi. Barcha o’zgarishlar hamda qo’shimchalar maxsus jurnalda qayd etib boriladi. Shu tariqa sizda doimo biz bilan bog’lanish imkoniyati bo’ladi.